O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “ Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili ” da amalga oshirishga oid Davlat dastur” ning 72-maqsadi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida Muzrabot tumanida hamkor tashkilotlar bilan “Navoiy vorislari”, “Yil hikoyasi”, “Eng yaxshi kitobxon” va “Men muallifman” ko‘rik-tanlovlarini hamda ommaviy kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib, bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida tuman Hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida o’tkazilgan “Navoiy vorislari”, “Yil hikoyasi”, “Eng yaxshi kitobxon” va “Men muallifman” ko‘rik-tanlovlar tuman bosqichida g’olib bo’lgan kitobxonlarga Hamkor tashkilotlar tomonidan faxriy yorlig’i va estalik sovg’alarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimi so’ngida tuman axborot-kutubxona markazi direktori B. Xursanov g’olib o’quvchilarni yana bir bor ushbu yutuqlari bilan tabriklar, ularni o’qishlariga ulkan zafarlar tilab, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash kerakligi haqida aytib o’tdi.