«Navro’z sayli»

Yangiliklar

Navroʻz bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martning 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona! Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, navzo’z bayrami qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayram. Navro‘zning kelib chiqishi, tarixi, azaliy qadriyatlarimizning bizning kunimizgacha yashab kelayotgani, umumxalq bayrami bilan bog‘liq an’ana, urf-odat va marosimlarning hamon elimizning ardog‘ida. Shu munosabati bilan Muzrabot tumanda katta bayram sayli TAKM hodimlari o’zlarini milliy burchagi hamda kitob ko’rgazmalari bilan qatnashdi.