Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida «Oʼzbekiston-kitobxonlar yurti» shiori ostida V respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning 4-kuni koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.
Haftalikning 4-kunida «Moviy jamadon tashrifi» loyihasi tashkil qilindi. Loyiha doirasida «Moviy jamadon»da oʻzbek va jahon adabiyoti adiblari sara asarlarini jamlab, joylarga tashrif buyurib kitoblar targʻiboti oʻtkazildi.
Moviy jamadon tashrifining bu galgi mezboni tumanning 2- MTM.tarbiyalanuvchilari bo’ldi.
Barcha adabiyot ixlosmandlari va kitobsevarlarni kitobxonlik haftaligi doirasida o`tkazilayotgan tadbirlarga taklif etamiz!