Obod mahalla-yurt ko’rki

Yangiliklar

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targ‘ib qilish haqida ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng go‘zal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan ma’naviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob o‘qishga ehtiyojimiz bor.

Ba’zan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari, internet tizimi ichra kuni va tuni qanday o‘tganini ham bilmay qoladi. Bunday yashash tarzidan zerikadi. Nimanidir sog‘inganday, izlab topa olmayotganday bo‘laveradi. Yuragi siqilib, go‘yoki o‘ziga sig‘maydi. Ko‘ngil bir og‘iz shirin so‘z, bir taskin, malham istaydi.

Shunday paytda biz, albatta, kitob varaqlashga tushamiz. Ko‘nglimizga yoqqan she’rmi, hikoyami – xoh u qatra bo‘lsin yoki salmoqli qissa va romanmi – tuyqus o‘qiy boshlaymiz, o‘qiyveramiz. Nafaqat o‘qiymiz, balki asardagi voqealar rivojiga kirib ketamiz va o‘sha yerda yashaymiz…

Nihoyat ko‘ngil orom olib, qalb taskin topganday bo‘ladi. Shundagina adabiyotning kuchini, uning zaruratini chuqur his qilamiz. Zero, yaxshi kitob insonning ko‘ngil ko‘zgusini poklaydi, shirin xayollar surishga, eng asosiysi, odamlarni tushunishga, kechirishga, ezulik sari intilib yashashga undaydi.

2024-yil 26-maart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning «Yakkatol» mahallasida bo’lishdi va kitob targ’ibotini olib borishdi. Mahallaning kitobsevar kitobxonlariga kerakli tavsiyalarini berishdi. Mahallada davlat dasturi asosida » Obod xonadon», «Obod ko’cha», «Obod mahalla» mezonlari asosida keng ko’lamli qurulish, bunyodkorlik ishlari olib borildi va foydalanishga topshirildi.