«Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki»

Yangiliklar

Hashar – bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.Hasharni har bir inson o‘z uyi, ko‘chasi, hovli-joyini tozalashdan boshlaydi, so‘ngra ommaviy tozalik ishlari mahalla, mehnat jamoalari, sayilgohlar hamda butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi. Kelinlarimiz supur-sidir, tozalash ishlari bilan band bo‘lsa, yigitlar ariq-zovurlar, kanallar va boshqa suv yo‘llarini tozalaydi. Nuroniy bobolar nabiralariga yangi nihollar ekish, bog‘larni parvarishlash ilmidan saboq beradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 18-mart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Navro’z» umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida o’tgazilayotgan «Hayriya hashari» tashkil etildi. Markazimiz binosi atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Daraxtlar oqlanib, hovli supurildi, manzarali daraxt ko’chatlari ekilib, bino atrofi chiqindilardan tozalandi.