🎉 “Ochiq eshiklar haftaligi”
📕” Kitob ma’rifat chiroği ” degan ibora kitoblarning bilish va tushunishni kengaytirishdagi órni haqida juda tóğri ifodalaydi. Bu ibora kitoblarning insonning bilimini oshirish, ongini yorqinlashtirish va dunyoqarashini kengaytirishdagi rolini ta’kidlaydi.
Bugun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Tadbirni Muzrabot tuman Hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorligida tumandagi 2- 4 -8-IDUM- 44 – 53 umumiy o’rta ta’lim maktablaridan jami 80 nafardan ziyod kitobxon yoshlar faol ishtirok etishdi.Bunda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
📌 rang barang kitob ko‘rgazmalari,
📌ekskursiyalar bo’lib o’tdi.
Sizlarni kutubxonamizga tashrif buyurishga chorlaymiz! 🏛
📍 Manzil: Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi