Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari yetaklovchi muhim ma‘naviy xazina hamdir. Kitob o‘qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi. Mutolaa so‘z boyligini oshiradi. Kitob o‘qish umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Mutolaa qalbni yumshatadi. Joriy yilning 22-iyun kuni «Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Ochiq osmon ostidagi kutubxona» shiori ostida yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma‘naviyatini yuksaltiradigan yagona omildir.Muzrabot tuman Axborot -kutubxona markazida «Ochiq osmon ostida kutubxona»mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
