“Odam savdosi – umumxalq muammosi” mavzusida davra suhbat oʻtkazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va tumanning “Yangi hayot”,”Yo’lchi”,”Nurli hayot” MFY.ni xotin qizlar faollari tomonidan “Odam savdosi — umumxalq muammosi” mavzusida davra suhbat oʻtkazildi. Suhbat boshida bugungi globallashuv davrida insoniyat oldida turgan eng ogʻir va xavfli muammolardan biri bu — odam savdosi ekanligi aytib oʻtildi. Odam savdosi — bu insonni majburan mehnatga, har xil nojoʻya ishlarga yoki boshqa maqsadlarda ishlatish uchun aldab, zoʻrlab, pul evaziga sotib yuborishdir. Bu jinoyat bugungi kunda butun dunyo boʻylab keng tarqalgan boʻlib, har yili minglab begunoh insonlar uning qurboniga aylanmoqda. Odam savdosi nafaqat alohida bir kishining, balki butun jamiyatning muammosidir.
Suhbat davomida ishtirokchilar mavzu haqida oʻz fikrlarini bildirdilar va shu mavzuga oid savol javob qilishdilar.