“Oila ma’naviyatning mustahkamligi” va ” Yangi O’zbekistonning harbiylar oilasi” mavzusidagi davra suhbatlari tashkillashtirildi.

Yangiliklar

“Yangi O’zbekistonning harbiylar oilasi”
” Oila ma’naviyatining mustahkamligi”

15-may Xalqaro oila kunini keng nishonlash maqsadida.10-maydan  10-iyunga qadar “Farovon oila sari” shiori ostida tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylar o‘z sharafli vazifasini to‘laqonli ado etishida oiladagi muhit alohida ahamiyatga ega. Zero, oilasi tinch, farzandlari sog‘lom va tarbiyasi joyida bo‘lsa, harbiyning ham ishida unum, barqarorlik bo‘ladi.

Muzrabot tuman IIB.da  tashkil etilgan “Oila ma’naviyatning mustahkamligi” va ” Yangi O’zbekistonning harbiylar oilasi” mavzusidagi davra suhbatlarida  shu haqda so‘z bordi. Muzrabot tuman IIB. Jamoa xavfsizligi xizmati Xuquqbuzarlik profilaktikasi bo’limi XQB katta inspektor podpolkovnik Qodirova Aksana  mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdi. Xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga  atroflicha javoblar qaytarildi.