O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi asosida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur reja ijrosi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mamatova Z. tomonidan tumanning “Yo‘lchi” MFY hududida “Oilada kitobxonlik madaniyati” mavzusida kitoblar targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida oilada kitob mutolaasining ahamiyati, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni, oilaviy kitobxonlik an’analarini shakllantirish masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga tavsiya etiladigan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar taqdim qilinib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, mahalla aholisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

