1 dekabr – butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) kasalligi inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.
Bugun butun dunyo OITSga qarshi kurashish, kasallik haqida xabardorlikni oshirish va jamiyatda birdamlikni mustahkamlash uchun birlashadi.
Ushbu kun munosabati bilan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “OITS – 21-ASR VABOSI” mavzusida #chellendj o’tkazishdi.

