Joriy yilning 17-oktyabr kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi “21-oktyabr O‘zbek tili bayramini mamlakatimizda keng nishonlash chora-tadbirlari to‘grisidagi” VM 24/25-176-sonli bayonining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim faxrim” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida ishtirokchilarga O’zbek tili haqida umumiy tushunchalar berildi, o’z ona tilimizga hurmat ruhida qarash tushuntirildi. Suhbat yakunida o’zbek tiliga oid videolavhalar namoyish etildi.

