📚 “Ona va bola — kitob bilan birga” 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga ona va bola kitobxonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishildi, mutaxassislar tomonidan bolalar va oilaviy mutolaa uchun qiziqarli hamda foydali adabiyotlar tavsiya etildi.
Mazkur tashrif oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, farzandlar qalbida kitobga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.
📖 Oila davrasida mutolaa — farzand kelajagiga mustahkam poydevor!

