O’tmish,bugun va kelajakning buyuk siymosi.Xalqimizda azal- azaldan ustoz- murabbiylarga bo’lgan ishonch,hurmat va ehtirom o’zgacha.Ustoz deganda har qaysi inson ko’z oldida kamtarlikdan buyuklik tojini kiygan inson gavdalanadi.Ana shunday fidoiy ,millat beshigini tabratib kelayotgan mo’tabar zotlarga yurtimizda cheksiz e’tibor va hurmat ko’rsatilib kelinmoqda. Joriy yilning 27-sentyabr kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi va tumanning 8-IDUM hamkorligida 1-oktyabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami keng nishonlandi.
Ustozlarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alari topshirildi.Tadbirning badiiy qismidan o’rin olgan musiqa maktab o’quvchilarining chiqishlari, ular ijrosidagi kuy qo’shiqlar barchani mamnun etdi.