Oybek — XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi.

Yangiliklar

📚✨ Oybek — XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi ✨📚
XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodini keng targ‘ib etish maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan mavzuli adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Oybekning badiiy asarlari, ilmiy merosi, adabiy-tanqidiy ishlari hamda uning hayoti va faoliyatiga oid manbalar o‘rin oldi. Tadbir kitobxonlarda adib ijodiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy adabiyotimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Oybek ijodi — ma’naviyat, tafakkur va milliy g‘urur manbai!