“O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o’tgazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tumanning 2-14-16-25 maktab o’quvchilari tashrif buyurishdi. O’quvchilarga Axborot -kutibxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma’lumot bazalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Ekskursiya davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirdilar.