2025 yil 24 aprel kuni Muzrabot tuman Aхborot – kutubхona markazi mutaхassislari хamda tumanning 13-sonli MTM tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi doirasida » Moviy jamadon » tadbiri o’tkazildi.Tadbirda Aхborot – kutubхona markazi mutaxassisi S.Beknazarova so’zga chiqib: Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur хazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg’a bo’lsin. Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy etuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo’lib kamol topadilar deb fikr yuritdi.
AKM mutaхassislari turli хil milliy kiyimda momojonlar obraziga mos kiyimini kiyib, bolajonlarga yaхshi kayfiyat ulashdilar. Tadbirga 45 nafar bolajonlar ishtirok etishdi.