Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi» doirasida » Ochiq osmon ostida kutubxona» kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir, kutubxonaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, adabiyotlarga bo‘lgan muhabbatni targ‘ib qilish va yoshlarga turli xil kitoblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar kitoblar bilan tanishib, kutubxonada qanday turdagi kitoblarni olib o‘qishlari mumkinligi haqida savollariga javob olishdi.