2025 Yil 21 aprel kuni Muzrabot tuman Axborot kutubxona markazida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 781-sonli qarori hamda Ozbekiston Respublikasi Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligining 2025-yil 7 apreldagi 3-son Farmoyishiga asosan joriy yil 21-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Tadbirni Muzrabot tuman hokimining Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari F.Rahmonov ochib berdi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha Muzrabot tuman bo’limi boshlig’i Sh.Xolto’rayev, Tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B.Xursanovlar so’zga chiqishdi va kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirishdi.Tadbir kitobxon yoshlarning sh’er,kuy-qo’shiq va raqslari bilan davom etdi.