Joriy yilning 2-mart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va faol kitobxonlar ishtirokida adabiyotshunos, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinov tavalludiga atab “O‘zbekiston qahramoni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ijodkorning yaratgan asarlari, erishgan yutuqlari hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar savol-javoblar orqali ijodkorning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, fikr almashdilar. ✨📚

