O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi

Yangiliklar

Joriy yilning 14-yanvar kuni Muzrabot tuman xborot-kutubxona markazida  Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”  bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni, tuman Axborot-kutubxona markazi AFXK bo’limi xizmat rahbari ochib berib,so’z navbatini tumandagi 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi yoshlarni chaqiruvga qadar tayyorlash o’qtuvchisi Qulsoatov Eshqobilga berdi. U o’z so’zida sharafli va mashaqqatli kasb egalarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan  samimiy qutlab, soʻnggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan oʻzgarganini alohida ta’kidladi.

Tadbirda tuman Axborot-kutubxona mazrkazi ma’muriyati tomonidan faol ishtirok etgan yoshlarga hamda tuman IIB hodimlariga  faxriy yorliq va estalik sovg‘alari topshirildi.