Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng o’zbek xalqining urf-odatlari va ana’nalari qayta kuchga kirdi jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Millat tili va dinidan qat’iy nazar, har bir vatandoshimiz o‘zining qadr-qimmatini tobora chuqur anglab borayotgan Yangi O‘zbekiston sharoitida Navro‘z tom ma’noda umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda. Xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarafidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan Navro‘zi olamni keng nishonlash maqsadida Muzrabot tumanida “Qadryatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib òtdi. Saylda Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi hamda aholiga kutubxona fondidagi sara kitoblar o`qish uchun tavsiya qilindi.