Qishki ta’til – bilim va texnologiya bilan birga!

Yangiliklar

❄️📚 Qishki ta’til – bilim va texnologiya bilan birga! 💻✨
Qishki ta’til kunlarida bolajonlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Yo’lchi” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga   tashrif buyurib, kompyuter xizmatlaridan faol foydalandilar. Ular elektron resurslar, ta’limiy dasturlar va qiziqarli axborotlar orqali bilimlarini boyitib, raqamli savodxonliklarini oshirishdi.
Kutubxona — nafaqat kitoblar maskani, balki zamonaviy bilim va texnologiyalar chorrahasi ekanini bolajonlar yana bir bor his etishdi. 🌟
📌 Bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazing, kutubxonaga marhamat!