Qiziqarli adabiyotlar yuzasidan kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining bolalar bo‘limida kitobxonlar o‘rtasida qiziqarli adabiyotlar yuzasidan kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolalarga sarguzasht, ertak va ilmiy-ommabop asarlar haqida ma’lumot berildi. Ular o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashdilar hamda yangi adabiyotlar bilan tanishdilar.
Mazkur targ‘ibotning asosiy maqsadi — yosh kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 📚✨