Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 2-aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan 14–15-maktabning 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qiziqarli kutubxona” loyihasi doirasida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida kutubxona xodimlari tomonidan markazdagi mavjud sharoitlar, kitob fondi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona faoliyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

