Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida tumadagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxona”da nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
🔎 Ekskursiya davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar olami, shuningdek, kutubxona faoliyatida muhim o‘rin tutadigan loyihalar hamda elektron ma’lumotlar bazalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚 Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxonadagi yangi adabiyotlar, elektron xizmatlar va ilmiy-ommabop resurslar bilan yaqindan tanishib, kutubxonaning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo’lishdi.

