“Qiziqarli kutubxonada” – bilim va taassurotlarga boy ekskursiya.

Yangiliklar

📚 “Qiziqarli kutubxonada” – bilim va taassurotlarga boy ekskursiya ✨
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida tumandagi maktablarning eng faol kitobxon o‘quvchilari uchun “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar markaz faoliyati, boy kitob fondi, yangi nashrlar hamda zamonaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kutubxonadan foydalanish qoidalari, elektron resurslar imkoniyatlari va kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sevimli kitoblari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
📖 Kitobsevar yoshlar safi kengayib borayotgani esa barchamizni quvontiradi!
📚 Kitob – bilim manbai, kelajak poydevori! ✨