Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi “Yo‘lchi” mahallasida joylashgan Axorot kutubxona markazi binosida markaz xodimlari va mahalla fuqarolari uchun yosh iste’dod sohibi Javlon Jovliyev tomonidan yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan «Qo‘rqma» asari qahramonlarining taqdiri va hayot yo‘li aks etgan qisqa metrajli kinofilm havola etildi.
Namoyish etilgan qisqametrajli film ishtirokchilar ko‘nglidan joy olib, namoyish so‘nggida o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.