Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida”gi qarorida jamoat joylarida QR-kodlar yordamida elektron kitoblar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va oʼqish imkoniyatini yaratish boʼyicha topshiriqlar berilgan. Shu topshiriq bo’yicha joriy yilning 17-oktyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “QR kodli” kitoblar targ’ibotini olib borishdi.Har bir kitob uchun maxsus QR-kod berilgan va istalgan shaxs ushbu kodni faollashtirib, oʼzi istagan elektron kitobni bepul koʼchirib olishi mumkin. Buning uchun mobil telefoningizda QR-kodni skaner qiladigan ilovalardan birortasi boʼlishi yetarli.

