Aholi va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, qolaversa, 5-ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yining 12-fevral kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning “Yangi hayot” MFY.da joylashgan jamoaviy joylarga yangi adabiyotlar bo‘yicha targ’ibot olib bordilar. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyorlangan QR-kodli kitoblar bilan ishlash usullari, TAKMning elektron ko’rinishidagi fondi bilan kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko’rsatish usullari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

