“Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Yangiliklar

Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va  tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi  bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  tashkil etildi.

Unda tumanning kitobxon o’quvchi  yoshlari ishtirok etdi.

Muloqot samimiy, ochiq o‘tdi. Yoshlar bilan zamonaviy hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib qolgan kitob va kitobxonlik mavzusida so’z bordi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarga alohida to’xtaldi.

Markaz mutaxassislari tomonidan ” Ma’naviyat kitob o’qishdan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Uchrashuv so’ngida bir necha yoshlar kutubxonaga a’zo bo’ldilar.