Rus yozuvchisi Nikolay Gogol tavalludining 216-yilligi munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Yangiliklar

Nikolay Vasilyevich Gogol [1809.20.3(1.4), Poltava gubernyasi, Mirgorod uyezdi — 1852.21.2 (4.3), Moskva] — rus yozuvchisi. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Nejin gimnaziyasini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama toʻgaraklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rollarni ijro etib, badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. V. Alov taxallusi bilan yozilgan «Gans Kyuxelgarten» romantik dostoni (1829) salbiy baxrlangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg sh.larida boʻlgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qogʻozbozlik, sansalorlik kabi illatlar Gogol uchun boy mavzu boʻldi .

Muzrabot tuman Axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari rus yozuvchisi Nikolay Gogol tavalludining  216-yilligi munosabati bilan «Tanqidiy realizm asoschisi» nomli kitob ko’rgazmasini tashkil etishdi.