«Sen aziz va muqaddassan ayol!»

Yangiliklar

Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib keldi. Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan damda biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamoxang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayol-borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Barchalarimizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasaffur eta olmaymiz.

Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘’tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu mo‘’tabar zot- onadir. Dunyo taqvimida shunday kun borki bu kunda mo’tabar onaxonlar ulug’lanadi, ayollar, opa-singillarlarga esa hurmat ko’rsatiladi. Bu albatta umumbashariy miqiyosda o’tgaziladigan bahorning ilk kunlarida nishonlanuvchi «Xalqaro xotin-qizlar kuni»dir. Mazkur sana munosabati bilan 2024-yilning 6-mart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Sen aziz va muqaddassan ayol!» nomli bayram tadbiri o’tgazildi. Ushbu bayram tadbirini kirish so’zi bilan AKM mutaxassisi Beknazarova S. ochib berdi. Bayram tadbirini ko’tarinki kayfiyatda o’tishida markaz mutaxassislari Abdullayeva U.,Xoliyorova Yu., Xudoyqulova M., Turdiyeva Ch. va To’raqulova R. o’z hissalarini qo’shdilar. Ular tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barcha ayollarni raqsga chorladi. Bir-biriga ulanib ketgan go’zal kuy va qo’shiqlar bayram tadbiriga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Axborot-kutubxona markazi rahbari Xursanov B. va xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan kutubxonaning barcha ayollariga sovg’alar taqdim etildi.