2026-yil 19-mart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 21-mart — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, jamoat arbobi, O‘zbek she’riyatining yorqin namoyondalaridan biri hamda O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Shoir qalbidan taralgan nido” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada shoirning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, she’riy to‘plamlar hamda uning boy ma’naviy merosini aks ettiruvchi kitoblar o‘rin oldi.
✨ Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni Abdulla Oripov ijodi bilan yanada yaqindan tanishtirish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. 📖🌿

