Joriy yilning 24-mart kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi ko’zgazmalar zalida O’zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludining 85-yilligi munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.Serqirra ijodiy faoliyat egasi, millatimizning fidoyi yozuvchisi, haqiqatgo‘y adib Shukur Xolmirzayev roman, qissa, hikoya, drama singari janrlarda ko‘plab badiiy asarlardan tashqari ijod psixologiyasi, ijodkor shaxsiyati, adabiyot va jamiyat munosabati kabi masalalarga bag‘ishlab o‘nlab adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan edi.