Siyosiy-ma’rifat o’quv soati

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat” o‘quv soati 2024-yil  13-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati avvalida yurtimizda va xorijda yuz berayotgan ahamiyatga molik voqea va hodisalar tafsiloti bilan tanishtirib o‘tildi.

Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalqaro To‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasi va xalqaro kiyim- kechak Federatsiyasi”ning Qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yozgan tabrigi o‘qib eshitirildi.

“Gazeta sharhi” rukni ostida “Muzrabot” gazetasining navbatdagi sonida chiqgan maqolalar bilan tanishtirildi.