📝📚 So‘rovnoma o‘tkazildi 📚📝
Muzrabot tumani “Obi hayot” mahallasida joylashgan ko‘chma kutubxonada “Siz qanday kitoblarni yoqtirasiz?” mavzusida so‘rovnoma tashkil etildi. Unda 7-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
So‘rovnoma davomida o‘quvchilar ko‘chma kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kutubxonaga a’zo bo‘ldilar hamda o‘zlari qiziqqan badiiy adabiyotlar va ertak kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar.
Yosh kitobxonlar, ayniqsa, yozuvchi X. To‘xtaboyev asarlarini sevib o‘qishlarini va uning qiziqarli hamda ibratli hikoyalari ularga katta taassurot qoldirishini ta’kidladilar.
Bunday so‘rovnomalar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning qiziqishlarini o‘rganish hamda kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 📖✨

