Sharqu G’arbda bir ovozdan Shayx ur-rais deya e’tirof etilgan Abu Ali ibn Sinoning ilmiy, adabiy, falsafiy merosi dunyo ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga naqadar ulkan hissa bo’lib qo’shilganini yaxshi bilamiz. Shu boisdan ham uyg’onish davri minatyura va suratlarida ul zotni haqli ravishda Aristotel, Platon, Ptolemey, Gippokrat, Galen, Evklid kabi fanning buyuk namoyandalari bilan bir qatorda tasvirlab kelishgan.
Joriy yilning 16-avgust kuni buyuk olim tavalludi kuni munosabati bilan bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Sog’lik va barkamollik” rukni ostrida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan Abdujalol Rahimning “Abu Ali ibn Sino” nomli kitobining targ’iboti olib borildi.

