“Sog’lom oila-Yurt tayanchi” mavzusida davra suhbarlari,savol-javoblar,sog’lom oila qoidalari aks ettirilgan tarqatmalar va kitoblar targ’ibotini o’tgazishdi.

Yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga binoan «Oila muqaddas» degan ezgu gʼoyani targʼib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga koʼmaklashish maqsadida hamda “Farovon oila sari” shiori ostidagi oylik doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tuman Kattalar va bolalar Poliklinikasida bo’lishdi va “Sog’lom oila-Yurt tayanchi” mavzusida davra suhbarlari,savol-javoblar,sog’lom oila qoidalari aks ettirilgan tarqatmalar va kitoblar targ’ibotini o’tgazishdi.
Davra suhbatida oilalarimizning baxtli saodatli hayot kechirishi, farzad tarbiyasi, oiladagi muvozanatni buzilmasligi, yoshlar o’rtasidagi salbiy yo’lga kirib qolishini qanday oldini olish, oilalarni ma’naviy muhitini yaxshilash uchun kitobga muhabbat qo’yishi, kitoblarni targ’ib qilish haqida gapirib o’tildi.