So’rovnoma

Yangiliklar

📝 So‘rovnoma 📝
Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan 29-son Madaniyat uyi ishchi-xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma “Siz qanday kitob o‘qishni yoqtirasiz?” mavzusida tashkil etildi.
So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar o‘zlari qiziqib o‘qiydigan adabiyot turlari haqida fikr bildirdilar. Aksariyat xodimlar badiiy adabiyot, tarixiy asarlar va ma’naviy-ma’rifiy kitoblarga qiziqish bildirishlarini ta’kidlashdi.
Shuningdek, ular bo‘sh vaqtlarida hamda uy sharoitida muntazam kitob mutolaa qilishlarini aytib o‘tishdi. Mazkur so‘rovnoma kitobxonlik madaniyatini o‘rganish va aholining adabiyotga bo‘lgan qiziqishini aniqlashga xizmat qildi. 📚✨