So‘rovnoma.

Yangiliklar

📝 So‘rovnoma 📝
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman FVV (Favqulodda vaziyatlar bo‘limi) xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida ishtirokchilarga quyidagi savollar taqdim etildi:
📚 Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyati haqida fikrlar
📚 Eng ko‘p o‘qiladigan janrlar (roman, detektiv, fantastika va boshqalar)
📚 Qog‘oz kitob va elektron kitob – qaysi biri afzal ekani
📚 Bir oy davomida nechta kitob o‘qilishi
📚 Kitob tanlashda muallif muhimmi yoki mavzu muhimligi
So‘rovnoma jarayonida xodimlar kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, elektron kitoblardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ham ma’lumotlar berildi.