“Surxonim jajji malikasi” deb nomlanglan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tgazildi.

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ- 4354 sonli qarori O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarorini ijrosini ta’minlash va muhim besh tashabbusining beshta yo’nalishi bo’yicha yoshlar , ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, o’sib kelayotgan yosh avlodni dunyo qarashini kengaytirish, ularning ongini rivojlantirish bo’sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 15-oktyabt  kuni Muzrabot  tumani axborot kutubxona markazining “Axborot-bibliografiya xizmati” bo’limi mutaxassislari va tumanning 13-sonli DMTT tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari hamkorligida “Surxonim jajji malikasi” deb nomlanglan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tgazildi.
Tadbirda har bir qiz o’z chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga hamda mehmonlarga o’zgacha ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Ayniqsa “Jajji nurli yulduzlar” ko’rik tanlovingiz tuman bosqichida 1-o’rinni, viloyat bosqichida faxrli 3-o’rinni egallagan Qudratova Lazizaning chiqishlari tadbirga yanada ko’taringki ruh bag’ishladi.
Tadbir so’ngida eng iqtidorli faol qatnashgan bolajonlarga esdalik sovg’alari topshirildi.