
✍Migel de Servantes
?Don Kixot sarguzashtlari
Ispan adibi Migel de Servantesning qahramoni Don Kixot yozuvchining o‘zidan ham mashhur, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 17-asrning boshlarida yozilgan bu romanni ko’pchilik tanqidchilar adabiyot tarixi shu kungacha guvoh bo’lolgan eng yaxshi asar deya baholashadi. O’z davrining ritsarlik romanlariga nisbatan parodiya shaklida yozilgan bu kitob qahramoni Don Kixot ritsarlik, mardonavorlik haqida shunchalik ko’p romanlar o’qiydi-ki, natijada u aqldan ozadi; dunyodagi nohaqliklarga chek qo’yish va yer yuzida adolat o’rnatish maqsadida oddiy dehqon Sancho hamrohligida yo’lga chiqadi. Dunyoni borligicha qabul qilolmasdan, xayolida ritsar hayotini yashayapman, deb o’ylagan Don Kixotning muallif tomonidan o’ta dono va yumorga to’la ravishda yozilgan sarguzashtlarini albatta mutolaa qilishingizni maslahat beramiz.
? Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi
