Taniqli voha adibi Tog‘ay Murod tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi

Yangiliklar

📚 Taniqli voha adibi Tog‘ay Murod tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, voha adibi Tog‘ay Murod tavalludi munosabati bilan adib ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Tog‘ay Murodning mashhur asarlari, jumladan “Otamdan qolgan dalalar”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” kabi asarlari hamda adib hayoti va ijod yo‘liga oid ma’lumotlar namoyish etildi. Tog‘ay Murod asarlarida o‘zbek qishlog‘i hayoti, milliy ruh, inson taqdiri va davr muammolari chuqur va ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, adib ijodini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
📖 Tog‘ay Murod — xalq qalbidan chiqqan, xalq uchun yozgan adib!