Kitob insonni ulug’laydi, Kitobning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, u inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’stdir. Oila kitobxonligi bu – oila a’zolarining aql-zakovati va yuksak ma’naviyatini shakllantiruvchi, inson ma’naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma’lum tizimidir. Ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma’no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis tavsiyalari asosida tanlashi maqsadga muvofiq. Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Kitob ma’naviyat gultoji” mavzusida yangi kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Targ ‘ibot davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirishda avvalo ota – ona o‘rnak bo‘lishi, shu bilan bir qatorda o‘z bilim va tafakkurimiz boyishi ta’kidlandi.

