“Tarixiy xotira-Yangi O’zbekiston poydevori”

Yangiliklar

2024-yil 4-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi 1- sonli maktab  o’quvchilar bilan hamkorligida 31-avgust “Qatag‘on qurbonlarini yod etish” kuni munosabati bilan “Tarixiy xotira – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida kitoblar targ’iboti tashkil qilindi. Targ’ibotda o‘tgan asrlar davomida yurtimizda Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz hayoti va faoliyati, shuningdek, ziyolilarning qatag‘on qilinish sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning xayrli ishlari e’tirof etildi.