Tarix barcha o‘tgan avlodlarning hayot madrasasidir. Tarix orqali tiriklar o‘zlari uchun manfaatli narsani o‘rganib, unga amal qiladilar hamda o‘zlariga zarar yetadigan narsalardan voqif bo‘lib, undan chetda bo‘ladilar. Islom tarixi deganda, odatda Islom davlatlari hamda musulmon xalqlarning vahiy nozil bo‘lgan ilk davrdan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi nazarda tutiladi. Ammo aslida ushbu tarix dunyo boshlanganidan to hozirgi, biz yashab turgan paytgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Zero, bu tarix ilk inson, ilk payg‘ambar – Odam alayhissalomdan boshlanadi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ushbu asari Islom tarixining muxtasar bayoni bo‘lib, muallifning so‘nggi kitoblaridan biridir.
