Tavsiya qilamiz

Yangiliklar

Angliyalik ta’lim  maslahatchisi Roy Andersenning  «O’qituvchi, ota-ona,  farzand», kitobida  maktab ta’limiga  oid qator  muammolar va ularning  yechimiga doir  amaliy tavsiyalar  berilgan. Muallif ko’p yillar  davomida  maktab ta’limi  mohiyatini chuqur  o’rgangan  va izlanishlar olib borgan mutaxassis  hisoblanadi.Muallif ushbu kitobda  «Aslida maktab qanday dargoh?», «O’quvchilar qay maqsadda  maktabga  jalb qilinadi?»,  «Taʼlimdan ko’zlangan maqsadlarga  erishilmasligi  sabablari nimalardan iborat?»,  «O’quvchilar qanday qilib  fanlarni yaxshiroq  o’zlashtiradilar?»  kabi bir qator savollarga  javob izlaydi. Ushbu so’roqlar esa har bir millat, xususan, o’zbek  ota-onasi,  o’qituvchisi uchun dolzarbdir.