Tavsiya qilamiz

Yangiliklar

📚 Amir Temur diplomatiyasi.

✍️ Shohistaxon O‘ljayeva.

Ushbu kitob Amir Temurning tashqi siyosati va diplomatiyasining ma’no-mazmuni, maqsad va vazifalarini tushunib yetishimizda katta ahamiyat kasb etadi.

Sohibqironning Sharq va G‘arb davlatlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari va tashqi siyosati haqida to‘xtalib o‘tadi. U Amir Temurning Xorazm, Oltin O‘rda, Mo‘g‘uliston, Misr, Usmonoylar, g‘arb davlatlari va boshqa siyosat yo‘nalishlarini imkoni boricha ochib berishga harakat qilgan va o‘ylaymizki, turli davlatlarda yozilgan maqolalardagi ba’zi qaytarishlar o‘quvchilarda malollik tug‘dirmaydi. Bu tadqiqotida muallif o‘z oldiga maqsad va vazifalarni amalga oshira olgan.

Kitobda Amir Temur diplomatiyasining uslublari, g‘oyalari, tashabbuskorligi va boshqa jihatlari chuqur tahlil qilib berilgan.