Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

👤  Karabenli  Xalis
📘Zamonga Yengilma

Taniqli turk yozuvchisi Xalis Karabenli bugungi o’zbek
kitobxonlariga hozircha «Baʼzilar olisdan sevarlar» asari
orqaligina tanish. Qo’lingizdagi «Zamonga yengilma» kitobi ham
muallifning o’tkir qalami ila bitilgan bo’lib, asarda inson
qalbining turli yevrilishlari yorqin bo’yoqlar va nozik
did bilan tasvirlangan. Xalis Karabenlining qaxramonlari,
garchi turli fe’l-atvorli kishilar bo’lsa-da, erkka
intiladilar, o’z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda
sinab ko’radilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar.
Yozuvchi mazkur asarida inson eng og’ir sharoitlarda ham ojiz
emasligini isbotlaydi. Barchasi insonning ruhiyati, ma’naviy
dunyosi xamda irodasiga bog’liq ekanini ko’rsatmoqchi bo’ladi.